18:11 / 02.04.2017
9435

Xokkey o‘yini vaqtida darvozabon hushini yo‘qotdi

NXL chempionatida ishtirok etuvchi «Filadelfiya» xokkey klubi darvozaboni Mixal Noyvirt o‘yin vaqtida hushini yo‘qotdi.

Ushbu hodisa «Nyu-Jyersi»ga qarshi o‘yin vaqtida ro‘y bergan. Birinchi bo‘lim o‘rtasida, o‘yin raqib hududida kechayotgan vaqtda darvozabon o‘z darvozasi oldida birdaniga ortga qulagan.

O‘yin to‘xtatilgan va Noyvirtga yordam berish uchun shifokorlar yetib kelgan. Darvozabon ko‘p o‘tmasdan o‘ziga kelgan, ammo uni muz maydonidan zambilga solib olib chiqib ketishgan. Uni tekshirish uchun shifoxonaga olib ketishgan.

Noyvirtning o‘rniga Entoni Stolarts o‘yinni davom ettirgan. Uchrashuv «Filadelfiya»ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Xokkeychilardan biri Jordan Uilning taxmin qilishicha, Noyvirtning qulashiga qattiq chanqoqlik sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top