08:09 / 02.04.2017
9896

Internetda Parij yaqinidagi karnavalda yuz bergan portlash videosi paydo bo‘ldi

Parij yaqinidagi Vilpent kommunasida karnaval vaqtida yuz bergan portlash videosi YouTube’ga joylashtirildi. 

Videoda bir kishi qo‘lidagi mash'ala bilan yonuvchi materiallardan yasalgan tulumni yoqayotgani, so‘ngra kuchli portlash yuz bergani tasvirlangan. Shundan keyin odamlar o‘rtasida sarosima boshlangan.

Hammasi bo‘lib fojiada 19 kishi jarohat olgan, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlashga terakt emas, balki baxtsiz hodisa sabab bo‘lgan. 

Top