15:26 / 02.04.2017
10993

Qirg‘izistonda sobiq deputat tergov izolyatorida jarohat olgan holda topildi  

Qirg‘iziston parlamentining "Ata-Jurt" partiyasidan sobiq deputati Sadir Japarov tergov izolyatorida bo‘yin va tirsagi sohalarida jarohatlar bilan topildi. Bu haqda Jazoni ijro etish xizmatiga iqtibos keltirgan holda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, muxolifatchi o‘ziga o‘zi jarohat yetkazgan.

"Japarovning ahvoli barqaror, muhim a'zolar shikastlanmagan. Uning ushlab turilishi sharoitlari va Jazoni ijro etish xizmati xodimlariga e'tirozi yo‘q. Uning bunday qilishiga yaqinlarining asossiz hibsga olinishi sabab bo‘lgan", deyilgan xabarda.

Sadir Japarov

Ma'lum qilinishicha, voqea joyiga maxsus prokuratura va mamlakat  ombudsmeni vakillari tashrif buyurishgan.

Sobiq deputat Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimlari tomonidan odamlarni garovga olish jinoiy ishi bo‘yicha hibsga olingandi.

2013 yil mart oyida Qirg‘iziston sudi Japarovni hokimiyatni egallashga chorlovlari uchun 18 oylik qamoq jazosiga mahkum qilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid
Top