Davr yangilanmoqda. Qaraşlar ham, kuzatib, “hazm qilib”, adoğiga yetib bölmayotgan voqeliklarning özi-yu, ularga bölgan munosabatlar ham, boring, ana, talqinlar ham özgaça: yangi va yangi, xilma-xil, “avvalgilarga öxşamas”... Bu özgarişlar aro gangib qoliş ham heç gapmas. Hammamiz insonmiz - nimadir köngilga yoqadi, yana nedir botmasligi mumkin. Buning uçun heç kim ayblanmasa kerak. Şunday bir andişa bilan, bugungi jamiyatda keçayotgan voqealar, töğriroği, ularning talqini hamda bu talqinlarning matbuotda yoritilişiga doir ayrim şaxsiy kuzatuvlarni bayon qilişga jazm qildim.
Tan olaylik – islohotlar, özgarişlar, yangilanişlar şitob bilan bormoqda. Iqtisodiy sohani olasizmi, taşqi siyosatni va yoxud ta'lim-u madaniyat tarmoqlarinimi – barçasidagi jadal bir silkinişlar eng befarq odamning ham - kamida hayratiga sabab bölmoqda... Ezgu umidlaringni yaqin kelajak bilan boğlaşga asos bergulik özgarişlar keçmoqda.
Sarlavhaga çiqarilgan da'voga muallifning özi amal qilmadi, degan ayblovdan qoçib, özgarişlar mahsuli sifatida - faqatgina bir misolni keltirib ötmoqçiman. Xalqning dardiga quloq tutila boşlandi. Muammolar imkon darajasida, vaziyatdan kelib çiqib, hal qilinmoqda. Bu - katta gap. Çunki xoh u bitta şaxs doirasida bölsin, xoh jamiyat miqyosida bölsin – ertangi kunga bölgan işonçdan mahrum böliş – eng yomon fojia.
Ayni mulohazalarimiz bugungi jarayonlarni qanday yoritayotganimiz haqida ekan, çalğimasdan gapning pöstkallasini aytiş kerak: öz davlatidagi u yoki bu vazirning qilayotgan işi tugul, afti-angorini ham körmay, tanimay, butun bir avlod ötib ketadi-yov, deb turgan joyimizda - hartugul, bugun hukumat a'zolari, vazirlarimiz matbuot orqali bayonot bera boşlaşdi, voqealar haqidagi fikrlari bilan örtoqlaşmoqda. Bu albatta yaxşi mujda - oçiq jamiyatning belgilaridan biri.
Endi masalaning ikkinçi tomoniga ötsak. Buyam bölsa – voqeani talqin va tahlil qilayotganda, örni bölsa-bölmasa, uning taşabbuskori bölmiş odamga, oçiqroği – davlat rahbariga oçiqdan-oçiq urğu beraveriş töğrimikan, degan mulohazadir. Ya'ni “muhtaram Prezidentimizning bevosita taşabbuslariga köra”, “u kişi ta'kidlaganlaridek”, “hurmatli rahbarimiz körsatmalari böyiça” qabilidagi - bir qaraşda örinli, ammo döppini boşdan olib öylab körilsa, zamirida kimgadir yoqiş, xuşomad elementlari bölgan jumlalarni keragidan ortiq qöllay boşlamadikmi? Axir uluğ şoirimiz Abdulla Oripov yozganidek,
“Bisyor bölsa agar, bol ham beqadr,
Takror aytilganda, rangsizdir kalom” emasmi?..
Mavzuga oid
Töğri, televideniye ekranlarida ham, bosma matbuotda ham, ayniqsa, internet naşrlarida kuzatilayotgan - muammolarni oşkor yoritiş, öziga xoslikka intiliş, tezkorlik kabi asl matbuotga daxldor özgarişlar bisyor. Lekin özginamizga xos bölgan, göyo salgina bezak berib, “kiriş sözi” qilib gapirmasak, “sigirimiz harom qotadigan”dek tuyulgan odatdan voz keçişimiz qiyin keçmoqda. Va şu – bir qaraganda zararsiz odat tufayli asosiy közlangan maqsadga, ya'ni qilinayotgan işlar eng avvalo xalq manfaati yölida ekanligi haqidagi gaplarga soya tuşib qolayotgandek. Çunki odamlar anavinaqangi jumlalardan, yumşoqroq aytganda, bezib bölgandi-da.
Fikrlar quruq da'vodan iborat bölib qolmasligi uçun yaqinda ötgan voqeadan misol keltiraman. Şu haftada Özbekiston Prezidentining Navoiy viloyatiga amalga oşirgan taşrifi hamma matbuotda keng yoritildi, tafsilotlar bayon qilindi. Televideniyening boş informatsion körsatuvi orqali namoyiş qilingan reportajlarda viloyatdagi tanişilgan obektlar va işga tuşajak loyihalar haqida gap borayotib, mamlakatning yengil sanoat böyiça rahbari intervyu berdi. Şunda işonasizmi, bir daqiqaning nari-berisidagi intervyuda “muhtaram yurtboşimizning taşabbuslariga köra”, “u kişining körsatmalariga binoan” qabilidagi hamdu sanolar naq beş marta yangradi. Axir uni körayotgan, ilmiy tilda aytganda, informatsiya olayotgan tomoşabinga birinçi galda - axborotning özi, mafkuraviy jihatdan olganda esa, öşa tadbir sabab qanday özgariş amalga oşişi-yu, loyiha oddiy odamlarga qanday naf berişi haqidagi ğoya muhim emasmi? Unaqada bu kabi “paxta qöyiş” neçun?
Bu – birgina misolki, ayniholatlar bugun juda köpayib ketdi. Hayhotki, kredit berayotganidan naql qilayotgan bankir ham, hosili möl bölganini aytayotgan dehqon ham, ta'limning yangi usulidan foydalanayotgan muallima ham matbuotdagi kalomini öşa taomilga kirgan “bismillo”dan boşlasa... Uyammas-buyammas, bu taxlit xuşomadlar zamirida, mening nazdimda ikkita sabab yotadi:
birinçisi, intervyu berayotgan odam “yuqori”dagi kimningdir yoki kimlarningdir ğazabidan qörqib, imkon qadar vaziyatni yumşatişga intilişi yoxud vaziyatdan aynan xuşomad orqali çiqib ketişi, bu bilan esa kimlargadir yoqişga intilişi;
ikkinçisi, tilga olinayotgan, amalga oşirayotgan işlardagi asosiy mas'uliyatni özidan soqit qilib, boşqalarga yuklaş. Ya'ni bu örinda “asosiy mas'uliyat menda emas, bu işning taşabbuskorida” degan bir da'vo ham öz-özidan qalqib çiqmoqda. Alhazar!..
Mas'uliyatni öz zimmasiga olmaslik, iloji bölsa har bir masalani yuqori taşkilotlarning “dobro”si bilan hal qiliş, taşabbuskorlikning yetişmasligi qanday oqibatlarga olib kelişi borasida yaqin ötmişimizda misollar qalaşib yotibdi. Bu narsa esa – taraqqiyotni şundoqqina böğib qöyişini yana bir bor ta'kidlaş – ortiqça bölsa kerak.
Prezident Ş.Mirziyoyevning özi ham mana bu gaplari bilan xuddi şu haqiqatni e'tirof etgan edi: “Eng muhim vazifamiz – odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilişdan iborat. Buning uçun el-yurtimiz avvalo biz – rahbarlarning faoliyatidan rozi bölişi kerak. Buning uçun har bir rahbar öz aravasini özi tortişi, öz sohasidagi işlarning ahvoli uçun özi şaxsan javob berişi kerak. Şundan keyin jamiyatimizda özgariş böladi, rivojlaniş böladi”.
Şu örinda keçagi ötgan kunlarimizda kuzatilgan, endi eng yangi tarixga aylanib qolgan bir-ikkita voqealarni, mavzuga bevosita aloqador bölgani bois, esga olgim keldi. Kaminaga bir vaqtlar birinçi Prezidentimiz Islom Karimov faoliyatini bevosita kuzatib, yetti-sakkiz yil u kişi iştirok etgan majlislarda, yaqin va olis safarlarda - matbuot vakili sifatida qatnaşib, öşa voqealarning jonli guvohi böliş, keyin u tafsilotlarni televideniye orqali yoritiş baxti nasib etgan.
Öşanda özim guvohi bölgan bitta haqiqat şundan iboratki, töğridan-töğri qilingan maqtovni, orqa-öngiga qaramasdan, laganbardorlarça aytilgan lutflarni u kişi oçiq-oydin yoqtirmasdi. Ammo atrofdagilar, rahbarlik lavozimida ötirib, kursisidan ayrilmoqni ölim bilan baravar fojia hisoblagan şaxslar “yölini qilib”, “qoğozga örab” bölsa-da, öşandoq hamdu-sanolarni yöllaşning hadisini olişgandi.
Şunday yiğilişlarning birida, öşa paytlardagi “arbob”lardan biri özi mas'ul bölgan sohaga qarata otilgan toşlardan esankirab qoldimi yoxud har ne deb bölsa-da, vaziyatni önglamoq qasdidami, hartugul davlat yetakçisiga qarata baqrayib, “Bizga qiyin, Islom Abduğaniyeviç”, - desa böladimi. Tabiiyki, bu da'vodan keyin, uni dalillaş lozim. Şundan keyin berilgan izoh esa hammasidan oşib tuşdi. “Çunki, - dedi “arbob”, - bu dunyoda Islom Karimov degan fenomen bor. Bu fenomen qarşisida biz – oddiy çuvalçangdek gap, “peşka”miz. Şuning uçun bizga öta qiyin”.
Şu gapdan keyin ança sukut bölgani esimda. Xuşomadni nişonga urişning eng original, antiqa usullaridan biri emasmi bu?..
Yana bir voqea. Bunisi viloyatlardan birida, töğriroği, xalq deputatlari viloyat kengaşining taşkiliy sessiyasida, öşa viloyat hokimi almaşayotgan paytda sodir bölgan. Öşanda işini duppa-durust olib borayotgan Respublika darajasidagi bir vazir – vaziyat taqozosiga köra özi tuğilib ösgan viloyatga birinçi rahbar sifatida yuborilgan edi. Keçagidek esimda: nomzod ovozga qöyilib, odatdagidek bir ovozdan ma'qullangaç, Prezident özi bilan yetaklaşib kelgan hukumat mulozimlariga qarata, “Falonçi vazirlikni juda zör uddalayotgan edi. Bunaqa mutaxassis vazirsiz endi qiynalib qolmaysizlarmi, endi kim vazir böladi?” deya hazil aralaş savol berdi. Şunda mas'ul soha rahbarlaridan biri örnidan “dik” etib turib, heç bir kalovlanmay va ikkilanmay, “Bizning baxtimizga Siz borsiz, şu sabab biz heç narsadan qiynalişga haqqimiz yöq” dedi kiprik ham qoqmasdan. Öşanda Islom Karimov zalda yiğilganlarga qarata, “Köryapsizlarmi, bularni hammasi mana şunaqa “diplomat” bölib ketgan, sizlar ham maqtovlarni örganinglar" degandi istehzo bilan...
Bu tarixlarni kavlaştirib nima demoqçiman? Bir vaqtlar butun omma, ayniqsa, biz – matbuot vakillari birinçi Prezidentimiz işlaridan faxrlandik, ularni tarğib-u taşviq qilişga, dunyoga doston aylaşga zör bir ğayrat bilan kirişib ketdik. Keyinçalik, yillar oşa hamdu-sano bobida “kimözar” boşlanganda esa, boz yana heç kim bu musobaqada ortda qolişni istamadi. Hatto “Muhtaram yurtboşimiz” degan sifatdan qoniqmay, uning ustiga “rahnamolik” degan sifatdoşni kiritdik. Natija şundoq böldikim, işlab çiqariş zavodidan tayyorlangan reportaj ustiga ham, uyuştirilişi urfga kirgan bir xil qolipdagi turfa davra suhbatlari haqidagi lavhaga ham, hatto bahor, ona allasi töğrisida böladigan “ezib içki” lirik manzaralar ustida ham “rahnamoliklarida bu sohada erişilgan yutuqlar möl, hozir şulardan biri haqida hikoya qilamiz” degan çuçmal bir “platforma”ni - örni bölsa-bölmasa, yotqizadigan böldik. Göyoki şu bilan özimizni “straxovka” qilamiz, göyoki şu bilan obro‘ orttiramiz...
Endiyam şu “hunar”ni boşlamoqçimizmi? Balki tarixni takrorlaş şart emasdir. Yoki “muhtaram...”bozlikka berilgan mutasaddilar öşa kalomni, öşa xuşomadni aytsam, kimgadir yoqaman, deb öylaşarmikin? Menimça, yöq. Bu gapni ikkilanmasdan yozayotganim sababi şuki, bugungi Prezidentni unaqa odam deb öylamayman. Guvohi ham bölganman.
U inson men tuğilib ösgan, hozir ham ota-onam yaşayotgan Kattaqörğon şahri mansub bölgan Samarqand viloyatida rahbar bölgan davri esimda. Öşanda boşqa rahbarlar tunlari şirin orom olayotgan bir pallada, yarim keçasi, heç kimga bildirmasdan Kattaqörğon vokzaliga borib, undan tuşirilgan kömir - odamlarning koriga yaraş, korxonalarda işlatiş uçun yuborilmoqdami va yoki kabobpaz-u somsapazlarning tandiriga tuşmoqdami – şuni kuzatib, keyinçalik unga boşqaça axborot berib qolgudek bölişsa, özi şaxsan guvoh bölgan voqea butunlay boşqaça talqin etilsa, gap bilan “möljalga adaşmay urganini” bugun ham odamlar eslab, gapirib yurişadi. Bölmasa, butun boşli viloyat rahbarining bundan boşqa taşvişi yöqmidi?
“Özbekfilm”da işlab yurgan davrimda, Ş.Mirziyoyevning u paytda boş vazir sifatida kinostudiyaga taşrif buyurgani ham - fikrimni tasdiqlaşi mumkin. Öşanda 90 yillik tarixga ega bu idoraning ğoyat açinarli ahvolga kelib qolgani, 40-50 yildan beri ta'mirini kutib yotgan sex va bölinmalarning aftoda va ğarib körinişi bilan tanişgaç, yon-atrofdagi boşqalarning izohisiz ham vaziyatni oçiq-oydin baholay olgandi u odam. Bu – özim guvohi bölgan holatlar, bunaqa misollarni balki minglab keltiriş mumkin.
Endi aytingçi, ön yillar davomida muammoning içida yurgan, hamma hudud va sohani iç-içidan bilgan, his qilgan, bugungi darajasida ham - çoldevor uylarga-yu, sumalakpaz onaxonlarning kamtarona davrasiga, oddiy oilalarning faqat non-çoy qöyilgan faqirgina dasturxoni ustiga kirib borişni öziga or bilmagan odam – siz-u bizning arzon xuşomadimizga zormi?..
Prezident özi ötkazadigan yiğilişlarda xuddi şundoq – gap deganiga “tön kiygizib” yuboradigan “oğzi polvonlar”ga qarata “Sizlarga “oğzaki”dan - “5”, amaliy iş, desa, nönoqsiz” deganiga köpçilik, jumladan, özim ham guvoh bölganman. Demak, amaliy işga ötiş davri allaqaçon kelgan ekan-da...
Şu gaplarga nuqta qöyib turgan bir paytda “Kun.uz” saytida e'lon qilingan bir maqolaga közim tuşdi. Unda Prezidentning 30 mart kuni ötkazgan videoselektor majlisida aytgan “Ura-uraçilik zamoni ötdi. Televizorda tanqidiy va tahliliy materiallar beriş kerak. Odam körsatuvlarni soğinib kutişi kerak” degan gaplari diqqatimni tortdi. Buyam – maqola boşidan beri aytib kelayotgan gaplarimizga isbot böladi.
Bir jihatni tuşuniş kerakki, har qanday xuşomad, “aravani quruq olib qoçiş” zamirida – ta'ma, tuban bir ilinj va manfaat yotadi. Bu narsalar bölgan joyda esa, taraqqiyotning bir özagi kesildi, deb hisoblayvering...
Özimga keladigan bölsak, ya'ni “Sening özing madhiyabozlik qusurlaridan xolimisan?” deya tuğiladigan savollarga javoban, şuni aytmoqçimanki, kamina bundan 14 yil oldin tayyorlagan – hududlardagi ğoyat aççiq haqiqatlar töğrisida hikoya qilingan “Yaqin-yiroqlar” televizion loyihasida ham, yillar davomida boşlovçilik qilgan “Asr qiyofasi”, “Tahlilnoma” dasturlarida ham, bosma matbuotda çop etilgan maqolalarda ham heç vaqt – oçiq-oşkor hamdu-sano öqimaganman. Bu borada hartugul vijdon toza.
Endi öylab qarasam, balki xato qilgandirman, öşanda zamonasoz bölarmidik...