07:38 / 02.04.2017
10037

Janubiy Koreyaga qarashli kema Atlantika okeanida yo‘qolib qoldi

Janubiy Koreyaga qarashli Stella Daisy yuk kemasi bortida ekipajning 22 a'zosi bilan falokat signali berishga ulgurgan holda Atlantika okeanida yo‘qolib qoldi.

Kemadagi 2 dengizchi solda suzib ketayotganda Atlantika janubida bu hududdan o‘tuvchi tijorat kemalari tomonidan aniqlangan. Ta'kidlanishicha, yo‘qolgan kemada 24 kishi  – 8 nafar janubiy koreyalik va 16 nafar filippinlik dengizchilar bo‘lgan. Ekipajning 2 a'zosi solda bo‘lgan. Ayni vaqtda qolgan 22 dengizchining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.     

Bortida 266 tonna ruda bilan ketayotgan kema oxirgi marta 31 mart kuni Janubiy Amerikaning sharqiy sohillari yaqinida, Urugvay atroflarida o‘zining Polaris Shipping kompaniyasi bilan aloqaga chiqqan. Ekipaj a'zolari kema cho‘kayotganini aytishgan va shunday keyin u bilan aloqa yo‘qolgan.

"Kema cho‘kib ketgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapmiz. Hozirda ekipaj a'zolari xavfsizlikda ekanliklarining tasdig‘i yo‘q", deb ma'lum qildi Janubiy Koreya mudofaa vazirligidagi manba.  

Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi diplomatik yo‘llar bilan falokat haqida ma'lum qilgan. Kemani qidirishda bu hududda bo‘lgan tijorat kemalari ham ishtirok etmoqda. Janubiy Koreya hukumati kemani izlashda yordam berishni so‘rab Urugvay va Braziliya hukumatlariga murojaat qilgan. 

Top