Xitoy sharqida joylashgan Antsin shahridagi "Vanxua" neft kompaniyasi omborida yuz bergan portlashda 5 kishi halok bo‘ldi.
Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar va o‘t o‘chiruvchilar yonib ketgan omborda 5 kishining jasadini topishgan, 3 kishi qutqarib qolingan. Jabrlanganlardan biri shifoxonada og‘ir ahvolda qolmoqda.
TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, mahalliy hukumat atrof-muhit ifloslanmasligi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda. Portlash joyida o‘tkazilgan monitoring hudud ekologiyasiga zarar yetmaganini ko‘rsatgan.