Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Migratsiya agentligi saralash imtihonidagi «kuchli savollar»ga izoh berdi
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan e'lon qilingan va shu yilning 27-30 mart kunlari Koreyada mehnat qilishni xohlovchilarni onlayn tarzda ro‘yxatga olish jarayonida 89 770 nafarga yaqin kishi anketani to‘ldirgan. Ushbu 90 mingga yaqin kishidan 6 ming kishi imtihonga kirishga ruxsat olishi shart. Bu Koreya tomoni talabidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
3 aprel kuni Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida agentlik rahbari Ulug‘bek Nazarov ma'lum qildi.
Migratsiya agentligi: bu koreys tilidan test emas, testga saralash bosqichi edi
Uchrashuvda Nazarov xohlovchilarni ro‘yxatga olish jarayonida yuz bergan nosozliklar haqida ham so‘z yuritdi. U, shuningdek, test-migration.uz saytining qoniqarsiz ishlaganiga ham oydinlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayt 27 mart kuni me'yorida ishlagan. O‘sha kunning o‘zida 19 ming kishi ro‘yxatga olingan. Nazarovning bildirishicha, 28 mart kunidan nosozliklar kuzatilgan. Bunga ehtimoliy D-DOS xurujlari sabab bo‘lgan. Albatta, bu holat hozircha taxmin qilinmoqda, biroq dasturchilar bu kabi xurujni inkor etishmagan.
Bundan tashqari, Ulug‘bek Nazarov savollar hamda ularni tuzuvchilar xususida ham ma'lum qildi. Uning xatoliklar bo‘lganini tan olib aytishicha, savollar umumta'lim maktablari, litsey va kollej dasturlari bo‘yicha tuzilgan darsliklardan olingan holda agentlik vakillari tomonidan tuzilgan. Biroq, Nazarovning uqdirishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan va muhokamalarga sabab bo‘lgan ba'zi “eshak necha yil yashaydi?” kabi mantiqsiz savollar bo‘lmagan. Agentlik rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi savollar bo‘lmaganini isbotlashga tayyor va bunday savollar uydirma bo‘lishi mumkin. Ammo, savollar tugallanmay qolishi bilan bog‘liq holatlar mutaxassislar tomonidan dasturlash chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar natijasidir.
Tavsiya etamiz
Rossiyaning migratsiya siyosati: integratsiya emas, begonalashtirish...
Jahon | 22:31 / 30.10.2025
Noyabrda qanday ob-havo kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:04 / 30.10.2025
Finlandiya prezidenti Toshkentga UzAirways'ning odatiy reysida uchib keldi
O‘zbekiston | 16:03 / 30.10.2025
Isitish mavsumi qachon boshlanadi?
Jamiyat | 12:03 / 30.10.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina rossiyalik harbiy asirni Litvaga topshirdi
Jahon | 15:14
-
Afrikadagi dahshatli qotilliklar, Ukrainaga Tomahawk va kosmosda raqobatga kirishgan Xitoy – kun dayjesti
Jahon | 15:12
-
O‘zbekiston va Xitoy OTM qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yadi
Ta’lim | 14:50
-
Polsha bir hafta ichida uchinchi Rossiya samolyotini tutib oldi
Jahon | 14:49
Mavzuga oid
09:35 / 27.10.2025
Koreya noqonuniy migrantlarga qarshi keng ko‘lamli reydlarni boshladi
10:28 / 23.10.2025
O‘zbekiston–Koreya AI yechimlarini moliya tizimiga kiritadi
12:56 / 21.10.2025
Koreyada Farg‘ona viloyati savdo-logistika markazi ochildi
10:56 / 17.10.2025