Sankt-Peterburg shahrining «Texnologicheskiy institut» va «Sennaya ploshchad» metro bekatlarida portlash sodir bo‘lgan.

Sankt-Peterburg metrosida portlash, qurbonlar bor

Voqea joyidan olingan suratlarda vagonlardan chiqarilayotgan murdalarni ko‘rish mumkin.

TASS ma'lumotiga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 10 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, 50dan ortiq kishi jarohatlangan.

Bundan avvalgi xabarlarda 2 kishi ushbu portlash qurboni bo‘lgani aytilgandi.

Hozirda hududga o‘t o‘chirish mashinalari yetib kelgan.