14:28 / 03.04.2017
6401

Tesla kompaniyasi sotuvlari 69 foizga o‘sdi

2017 yilning I choragida Tesla avtomobillarining dunyo miqyosidagi sotuvlari 69 foizga o‘sdi. Bu haqida kompaniya rasmiy saytida xabar berildi. 

Manbaga ko‘ra, joriy yilning I choragida jami 25 418 avtomobil sotilgan, ulardan 13 450 tasi — Model S va 11 500 tasi — Model X. Bu raqamlar Tesla faoliyatidagi rekord ko‘rsatkichlar hisoblanadi. 

Model S sotuvlari o‘tgan yilgiga nisbatan taxminan 8 foizga o‘sdi. Hozirda yana 4 650 avtomobil iste'molchilarga yetkazilish jarayonida. 

Tesla o‘tgan chorakda 24 500 avtomobil sotgan. Kompaniya sotuvlarni hisoblashda "konservativ" usuldan foydalanishini ta'kidlaydi, ya'ni avtomobil xaridorga yetkazilgandan keyingina sotilgan hisoblanadi. 

Kompaniyada ma'lum qilinishicha, avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish - kompaniya moliyaviy daromadining asosiy, lekin yagona ko‘rsatkichi emas. 

Yaqinda Tesla bozor kapitalizatsiyasi bo‘yicha Ford'ga deyarli yetib oldi.

 

Mavzuga oid
Top