14:07 / 04.04.2017
15988

«Liverpul» katta yo‘qotishga duch keldi

«Liverpul» yarimhimoyachisi Sadio Manening jarohati kutilganidan ancha jiddiy bo‘lib chiqishi mumkin.

Britaniyaning The Guardian, The Telegraph, Daily Mail va The Times kabi nashrlari futbolchining mavsum so‘nggiga qadar safga qayta olmasligi mumkin degan xavotirli chiqishlar qilgan.

So‘nggi tibbiy tashxis ertaga qo‘yiladi. Manening kamida ikki hafta muddatga safga qayta olmasligi aniq, biroq jarohat jiddiy bo‘lib chiqsa, u mavsum so‘nggiga qadar safga qayta olmaydi. 

Futbolchining xochsimon paylari holati bo‘yicha ma'lumot berilmagan. Agar paylar shikastlangan bo‘lsa, bu tiklanish uchun kamida ikki oy muddat talab qilinishini bildiradi.

Mavzuga oid
Top