10:56 / 04.04.2017
30572

Milliy brend. «YaSha!» – Hayot mag‘zini chaqib yasha!

O‘zbekistonda yangi brend o‘z mahsulotini ishlab chiqara boshladi. Asl Buxoro sho‘rdanagi “YaSha!” brendi iste'molchilarning keng qatlamiga mo‘ljallangan. Mahsulot Buxoro viloyatining o‘zida ishlab chiqariladi hamda tarkibi o‘rik danaklari va yodlangan tuzdan iborat.

Ma'lumki, sho‘rdanakda boshqa mahsulotlarda deyarli uchramaydigan qator vitaminlar bor. Shuningdek, o‘rik mag‘zida minerallardan temir, fosfor, kaliy, natriy, magniy mavjud. Agar mag‘iz shirin bo‘lsa, bu unda o‘rik moyi ko‘p ekanidan dalolat. O‘rik mag‘zi saratonni oldini olishidan tashqari, yurakni ham quvvatga to‘ldiradi. Qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. 

Yangi ishlab chiqarilayotgan mahsulot nafaqat ichki bozorda xaridorlarga taklif qilinmoqda, balki eksportga chiqarilishi ham rejalashtirilgan. Uni O‘zbekistonning o‘ziga xos milliy mahsulotlarini sevib iste'mol qiluvchilar katta qiziqish bilan olishi tayin.

“YaSha!” brendi o‘z oldiga O‘zbekiston milliy mahsulotlarini jahon bozorida yanada kengroq targ‘ib qilish, Buxoroning o‘ziga xos jihatlaridan mahsulotning shu turi orqali keng xabardor etish va bu orqali yurtimizga sayyohlar oqimini oshirish kabi maqsadlarni qo‘ygan.

Bundan tashqari, brend mahsuloti o‘zgacha tarzda qadoqlangan. Bunday o‘zgacha qadoqni ko‘rgan har qanday xaridor mahsulotni xarid qilishga oshiqishi aniq. 

Ma'lumot uchun, mahsulotni ulgurji narxlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan sotib olishingiz mumkin. Yangi milliy mahsulotni birinchilardan bo‘lib xarid qilib, baho bering!

Mahsulot sertifikatlangan, barcha tegishli tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Murojaat uchun telefonlar:+998 71-232-23-84 va +998 93 511-23-20

“YaSha!” – Hayot yaxshi! Mag‘zini chaqib yashash yanada yaxshi!

Reklama huquqi asosida

Top