17:44 / 04.04.2017
9946

«MYu» yana Ibrahimovich bilan, Shekspir uchun yangi manzil. APLning bugungi uchrashuvlari anonsi

3 aprel kuni Angliya premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuvlarga start beriladi. Tribuna.Uz dunyoning eng tomoshabop chempionati o‘yinlari bilan tanishtirishda davom etadi.

Byornli - Stok Siti (3 aprel, Toshkent vaqti bilan 23:45)

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar
- «Byornli» «Stok Siti»ga qarshi premer-liga doirasdagi so‘nggi beshta uchrashuvning faqat bittasida g‘alaba qozongan (2D, 2M).
- dekabrda Stokda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozongan, agar bu uchrashuvda «Stok Siti» g‘alaba qozonsa, premer-liga tarixida ilk marta «Byornli»ni ikkita uchrashuvda ham mag‘lubiyatga uchratgan bo‘ladi.
- «Stok» liga debyutantiga qarshi so‘nggi 9 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti. (4G‘, 5D). So‘nggi marta jamoa 2014 yilning yanvarida «Kristal Pelas»ga 1:0 hisobida yutqazgan.
- Premer-liga doirasida ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuvlarda kiritilgan so‘nggi 9ta golning 8tasi birinchi bo‘limda urilgan.

Yo‘qotishlar
«Byornli» yangi jarohat olgan futbolchilar yo‘q. «Stok Siti»da esa Piter Krauch tizzasidan jarohat olgani sabab uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Cherdan Shaqiri mashg‘ulotlarda ishtirok etishiga qaramay bu uchrashuvda maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Jyeff Kemeron esa safga qaytishga tayyor.

Uotford - Vest Bromvich (3 aprel, 23:45) 

Qiziqarli faktlar
- «Uotford» «Vest Bromvich»ga qarshi o‘z uyidagi uchrashuvlarda 1994 yilning noyabridan buyon (1:0), g‘alaba qozona olmayapti — 8 uchrashuv, 4 durang, 4mag‘lubiyat.
- «Vest Bromvich» joriy mavsumda hozirda APLning 9 o‘rnidan pastda bo‘lgan jamoalarga qarshi 16 o‘yinning faqatgina 2tasida mag‘lubiyatga uchragan (9G‘, 5D).
- Troy Dini bugun maydonga tushsa, «Uotford» tarkibida ketma-ket to‘rtta uchrashuvda gol urgan birinchi futbolchiga aylanishi mumkin.

Yo‘qotishlar
«Uotford»da Yunus Kabul, Valon Behrami, Kristian Kabasele va Ben Uotson jarohati sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Troy Dini «Sanderlend»ga qarshi uchrashuvda yengil jarohat olgani bois bu uchrashuvda zaxirada qolishi ham mumkin. Sebastyan Pryodlda ham vaziyat shunday. Futbolchi jarohatdan qutulgan bo‘lsada, maydonga tushishga to‘liq tayyor emas. «Vest Bromvich»da Mett Fillips safga qaytishi kutilmoqda.

Lester - Sanderlend (3 aprel, 23:45)

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar
- «Lester» Premer-liga doirasidagi uchrashuvlarda hech qachon «Sanderlend»dan mag‘lubiyatga uchramagan — 10 uchrashuv 4 g‘alaba, 6 durang.
- Shunga qaramay, «King Pauer» stadioniga (barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda) so‘nggi to‘rt tashrifidan 2tasida g‘alaba qozongan (1D, 1M).
- Jyeymi Vardi Premer-liga doirasidagi uchrashuvlarda «Sanderlend» darvozasiga 3ta gol kiritgan - Jyeymi faqatgina «Liverpul»ga undan ko‘proq (5ta) gol urgan.
- Jyermeyn Defo Premer-ligada «Lesterga qarshi so‘nggi beshta uchrashuvning 4tasida gol urgan.

Yo‘qotishlar
«Lester» tarkibida Ues Morgan va Nempalis Mendi jarohati sabab maydonga tusha olmaydi. Mark Olbrayton safga qaytishga tayyor. «Sanderlend» hujumchisi Jyermeyn Defo yakshanba kungi mashg‘ulotlarda ishtirok etmadi va bu uchrashuvda ham maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda.

Manchester Yunayted – Everton (3 aprel, 23:59, UzReport, Match! Futbol 1)

O‘yin oldi qiziqarli faktlar
- «Manchester Yunayted» «Everton»ga qarshi Premer-liga uchrashuvlarida 33 marta g‘alaba qozongan. Bu bitta jamoa ustidan ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha ikinchi eng yaxshi ko‘rsatkich sanaladi.
- «Manchester Yunayted» Premer-liga doirasidagi «Everton»ga qarshi o‘z uyidagi so‘nggi 23 uchrashuvning faqat bittasida mag‘lubiyatga uchragan (18G‘, 4D). Bu mag‘lubiyat (0:1) 2013 yilning dekabrida qayd qilingan.
- Ronald Kuman «Old Trafford»da so‘nggi uch uchrashuvning barchasida g‘alaba qozongan ilk murabbiyga aylanishi mumkin.
- Romelu Lukaku TOP-6likdagi jamoalarga qarshi 8ta uchrashuvda 3ta gol kiritgan. Taqqoslash uchun pastki o‘rindagi jamoalarga qarshi 21 uchrashuvda 18ta gol urgan.

Yo‘qotishlar
«Manchester Yunayted» tarkibida Zlatan Ibrahimovich va Ander Errera diskvalifikatsiya muddatini o‘tab safga qaytadi, ammo Pol Pogbaning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Shuningdek Fil Jons (oyoq), Kris Smolling (tizza) va Xuan Mata (chov) jarohati sabab bu o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

«Everton» tarkibida Aaron Lennon (mushaklar), Morgan Shnayderlin (son qismi), Jyeyms Makkarti (tizzaosti paylari) maydonga tusha olmaydi. oyog‘ini sindirib olgan Sheymus Koulmennini yaqin orada maydonda ko‘rmasligimiz aniq. Bundan tashqari Ramiro Funes Mori va Yanik Bolazining ikkalasi ham tizzasidan olgan jarohati sabab bu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

Mavzuga oid
Top