10:56 / 04.04.2017
7883

Janubiy Koreya keng qamrovli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Foto: AP

Janubiy Koreya 4 aprel kuni keng qamrovli harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Unda harakatlanuvchi "Chxonmu" reaktiv o‘t ochish tizimlaridan foydalanildi. Bunga KXDR tomonidan harbiy "fitnalar"ga qarshi tayyorgarlik sabab qilib ko‘rsatilmoqda, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi janubiy koreyalik harbiylarga asoslangan holda. 

Harbiylarga ko‘ra, mashg‘ulotlarda quruqlikdagi qo‘shinlarning Koson muzofotidagi 5ta harbiy qismi ishtirok etgan. Agentlikning qayd etishicha, mashg‘ulotlarda ilk marotaba "Chxonmu" tizimlaridan foydalanilgan. Mazkur qurollar 2015 yilda Janubiy Koreya armiyasi safiga qabul qilingan edi. Bundan tashqari, o‘ziyurar K-9 gaubitsalari, KH-179 zambaraklari, ayg‘oqchi-samolyot, "Aso-K" radarlaridan foydalanilgan. Dengizda patrul fregati hamda tezsuzar jangovar qayiqlar jalb etilgan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, "Chxonmu" reaktiv tizimlari 40 kmda joylashgan nishonlarga 360ga yaqin reaktiv snaryadni uchirgan. Ular 80kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarga zarba bera oladi. 

Aprel oyi oxirigacha Koreya yarim orolining janubida qator harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ularda AQSh va Yaponiya harbiy kemalari ham ishtirok etadi. Bu mashg‘ulotlar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa ishlanmalariga qarshi qaratilgan. Pxenyan ma'muriyati esa, mashg‘ulotlarni Janubiy Koreyaning o‘ziga nisbatan urushga tayyorgarligi deb baholamoqda hamda suverenitetiga tahdid paydo bo‘lsa, yadro zarbasi berishini ta'kidlamoqda. 

Mavzuga oid
Top