02:06 / 05.04.2017
10065

APL. «Lester» Shekspir bilan ertagini davom ettirdi

Angliya premer-ligasining 31-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuv nihoyasiga yetdi. 

«Lester» o‘z uyida «Sanderlend»ni qabul qilib Islam Slimani va Jyeymi Vardi tomonidan kiritilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi. Bu jamoaning Raneri ketganidan keyin o‘zining ketma-ket oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabadan keyin «Lester» hisobidagi ochkolar soni 36taga yetdi va jamoa 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek bu turda «Uotford» va «Byornli» jamoalari ham g‘alaba qozonib, APLda chiqib ketish xavfini o‘zlari uchun yanada qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Angliya premer-ligasi, 31-tur

Byornli – Stok Siti 1:0 (0:0)
Gol:
 Boyd (58).
Byornli: Hiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Xendrik, Defur (Breydi, 57), Barton, Boyd, Vouks (Tarkovski, 85), Grey (Barns, 78).
Stok Siti: Grant, Munesa, Shoukross, Martins Indi, Kemeron, Allen (Afellay, 85), Adam, Arnautovich, Piters, Berahino (Krauch, 71), Diuf.
Ogohlantirishlar: Uord (24), Barton (30), Adam (76), Martins Indi (88), Boyd (90).

Lester – Sanderlend 2:0 (0:0)
Gollar: 
Slimani(69), Vardi (78).
Lester: Shmeyxel, Benaluan, Fuks, Simpson, Xut, Drinkuoter, Ndidi (King, 82), Grey (Olbrayton, 62), Marez, Vardi, Okazaki (Slimani, 62).
Sanderlend: Pikford, Denayyer, Ovedo, Djons, Kone, Larsson (Xazri, 73), Kettermoul (Anichebe, 73), Roduell (Gibson, 80), Ndong, Borini, Defo.
Ogohlantirish: Kettermoul (35).

Uotford – Vest Bromvich 2:0 (1:0)
Gollar: 
Nyang (13), Dini (49).
Uotford: Gomes, Predl (Yanmat, 45), Ketkart, Xolebas, Britos, Kapu, Dukure, Kleverli, Amrabat (Mariappa, 69), Dini, Nyang (Saksess, 79).
Vest Bromvich: Foster, Makoli (Morrison, 56), Nom, Evans, Douson, Robson-Kanu, Fletcher, Shadli, Brant, Makkleyn (Fillips, 46), Livermor (Rondon, 61).
Ogohlantirishlar: Britos (40), Robson-Kanu (43), Makkleyn (45), Livermor (58), Nyang (69), Nom (83).

Top