17:18 / 05.04.2017
5031

Kreml mitinglar tashkil qilish bilan shug‘ullanmasligini ma'lum qildi

Kreml hududlarga aksilterror mitinglar o‘tkazishni topshiriq qilmagan. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

«Kreml mitinglar tashkillashtirish bilan shug‘ullanmaydi. Agar mitinglar o‘tkazilsa, kimdir tashkillashtirgan bo‘ladi.

Menda esa bu borada Kremldan qandaydir signal berilgani haqida ma'lumot yo‘q, qolaversa, bunday mitingga hojat ham yo‘q», — degan u «Kommersant'» nashrida go‘yo prezident ma'muriyati 8 aprel kuni terrorizmga qarshi aksiyalar o‘tkazishni tavsiya qilgani haqida yozilgan xabarga munosabat bildirar ekan.

Peskov shuningdek, Federatsiya hududlarida aksilterror mitinglar tashkil qilinishi haqida xabar tarqatilmaganini qayd etib o‘tgan.

Kreml aksilkorrupsiya mitinglarini aksilterror mitinglarga «almashtirdi»

Mavzuga oid
Top