02:47 / 05.04.2017
13580

La-liga. 3 favorit jamoa g‘alaba qozondi

Ispaniya chempionatining 30-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Markaziy uchrashuv Madridda bo‘lib o‘tdi.

O‘z uyida «Real Sosedad»ni qabul qilgan «Atletiko» Felipe Luis tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alab qozondi va ochkolarini sonini 61taga yetkazib 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

«Sosedad»ning mag‘lubiyatidan «Vilyarreal» va «Atletik» unumli foydalanib qoldi. «Atletik» Aris Aduritsning dubli evaziga «Espanol»ni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, «Vilyarreal» «Betis»uyida Adrianning yagona goli evaziga g‘alaba qozonib qaytdi.

Natijada «Vilyarreal» 51 ochko bilan 5, «Atletik» 50 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Real Sosedad» esa 49 ochko bilan 7-o‘ringa tushib ketdi.

Ispaniya chempionati, 30-tur

Atletiko – Real Sosedad 1:0 (1:0)
Gol: 
Filipe Luis (28).
Atletiko: Oblak, Godin, Filipe Luis, Xuanfran, Savich, Saul, Gabi, Ferreyra Karrasko, Koke, Grizmann (Korrea, 72), Torres (Ximenes, 82).
Real Sosedad: Ruli, Navas, Martines, Berchiche, Subeldiya, Kanales, Granero (Xuanmi, 74), Odriosola (Elustondo, 39), Priyeto (Oyarsabal, 46), Vela, Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Ruli (61), Berchiche (62), Subeldiya (63), Navas (68).

Atletik – Espanol 2:0 (2:0)
Gollar: 
Aduris (17-pen, 37).
Atletik: Arrisabalaga, De Markos, Yyeray Alvares, Laport, Saborit, Iturraspe, Benyat (Mikel Riko, 81), Susayeta, Raul Garsiya (San Xose, 73), Muniain (Inyaki Uilyams, 62), Aduris.
Espanol: Lopes, Sanches, Lopes Silva, Reyyes, Alvares, Melendo (Peres, 46), Diop, Xavi Fuego, Mark Roka (Xurado, 46), Pyatti, Vaskes (Kaysedo, 75).
Ogohlantirishlar: Alvares (18), Yyeray Alvares (27), Lopes Silva (37), Xavi Fuego (90).

Betis – Vilyarreal 0:1 (0:0)
Gol:
 Adrian (47).
Betis: Adan, Petstselya, Toshka (Alegriya, 78), Durmisi, Bruno Gonsales, Pardo, Brashanats (Donk, 77), Sebalos, Pichchini (Sanches, 54), Ruben Kastro, Sanabriya.
Vilyarreal: Fernandes, Musakko, Xose Anxel, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos, Rodri Ernandes, Soriano (Soriano, 68), Kastilexo, Sansone (Bakambu, 64), Adrian (Kosta, 85).
Ogohlantirishlar: Brashanats (39), Ruis (66), Dos Santos (70), Durmisi (73).

Top