15:53 / 05.04.2017
80881

Shavkat Mirziyoyev Putin bilan uchrashdi

Moskvaga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Kremlda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi va Shavkat Mirziyoyev hamda Vladimir Putin faxriy qorovul safi oldidan o‘tishdi.

Prezident qarorgohida ikki siyosatchi OAV uchun kichik chiqish qilishdi va suratga tushishdi. Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga murojaatini Sankt-Peterburgda yuz bergan terakt munosabati bilan hamdardlik bildirishdan boshladi.

Shundan so‘ng yopiq eshiklar ortida muzokaralarga o‘tilgan. Shavkat Mirziyoyevga muzokaralarda bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov, TIV rahbari Abdulaziz Komilov hamda TIAISV rahbari Elyor G‘aniyev hamrohlik qilmoqda.

Prezidentlarning tor doiradagi uchrashuvida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash sohasida hamkorlik, Afg‘onistonda tinchlikni saqlash masalalari muhokama qilingan.

Ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan 50dan ortiq hujjat imzolanishi mo‘ljallangan.

Top