08:10 / 05.04.2017
9068

Sindzo Abe va Reks Tillerson KXDR raketa sinoviga keskin munosabat bildirdi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening bayonot berishicha, KXDRning navbatdagi raketa uchirishi jiddiy fitnali harakatdir. Bu haqda «Kiodo» agentligi xabar qilmoqda. 

«Xavfsizlik sohasida jiddiy fitnali harakatlar BMT XKning rezolyutsiyalarini buzadi va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», — degan Abe.

O‘z navbatida, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga Yaponiya «bu kabi harakatlarga chidab tura olmaydi», degan fikrni bildirdi.

«Yaponiya Shimoliy Koreyaning bu kabi bir necha marta amalga oshirgan fitnali harakatlariga jim qarab tura olmaydi. Yaponiya KXDRga keskin noroziligini bildirdi va ushbu harakatni qoralaydi», — deya Suga so‘zlarini keltiradi «Kiodo» agentligi.

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ham Pxenyanning ballistik raketa sinovi yuzasidan bayonot berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Shimoliy Koreya xususida yetarlidan ortiqcha so‘z yuritgan. Tillersonning bayonoti AQSh davlat departamenti saytiga joylashtirilgan. 

«Shimoliy Koreya yana bitta o‘rta masofaga uchadigan ballistik raketani uchirdi. AQSh KXDR borasida haddan ortiq ko‘p gapirdi. Bizda boshqa izoh yo‘q», — deyiladi bayonotda. 

Top