Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Event Expo 2017. Toshkentda noyob retro-avtomobillar ko‘rgazmasi boshlandi
Foto: Kun.uz
Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasida 5—7 aprel kunlari Event Expo 2017 — hodisalarning ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma beshta: Fashion Expo, Wedding Expo, Mass Media&Advertising Expo, «Dam olish va O‘yin-kulgi» hamda Tashkent Flora Expo klasterlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida ishtirokchilarga hodisa-xizmatlar bozorida o‘z imkoniyatlarini namoyish etish va ko‘rsatiladigan xizmat turlari haqida to‘liq ma'lumot taqdim etish imkoniyati berilgan. Ko‘rgazmada eksponent va tashrif buyuruvchilar taklif etilayotgan sohalardagi zamonaviy yo‘nalishlar bilan tanishish, turli kompleks tadbirlar tashkilotchi-pudratchilari bilan ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Ko‘rgazma kelajakda turli loyihalarni amalga oshirishga jalb etish maqsadida ivent-agentliklar bazasini shakllantirish imkonini beradi.
Event Expo 2017 tadbirlari doirasida aksiyalar, yutuqli o‘yinlar va tanlovlar tashkil etiladi.
Ko‘rgazma hududida retro-avtomobillar ko‘rgazmasi ham ochilgan.
Poytaxt aholisi va mehmonlari 5-7 aprel kunlari turli davrlarda ishlab chiqarilgan hamda har xil modeldagi 25ta mashina va 12ta mototsiklni tomosha qilishlari mumkin.
Retro-avtomobillar ko‘rgazmasi bir necha yildan beri tashkillashtirib kelinadi. Bu yerda urush davridagi «Polutorka» ham, «Pobeda» ham, «Riga» mototsikli ham taqdim etilgan.
Eslatib o‘tamiz, ko‘rgazmaga kirish bepul.
Mavzuga oid
12:08
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026
12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi
18:27 / 10.01.2026