10:18 / 05.04.2017
14887

Toshkentning Yashnobod tumanida ayol kishi “Matiz”da birinchi sinf o‘quvchisini urib ketdi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Aviasozlar-4” mavzesida o‘tgan shanba kuni “Matiz” haydovchisi birinchi sinf o‘quvchini urib ketdi. Bola turli jarohatlar bilan kasalxonaga yetkazildi. Bu haqda Nuz.uz xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 1 aprel kuni “Matiz” “Aviasozlar-4” mavzesidagi 39-raqamli uy qarshisida 244-maktabning 1-sinf o‘quvchisini urib ketgan. Avtomobilni 37 yoshli ayol kishi boshqargan.

Toshkent IIBB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, bola 4-shahar klinik shifoxonasiga turli jarohatlar bilan olib ketilgan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bola yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Ayni damda tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Top