14:14 / 05.04.2017
11166

O‘zbekiston va “Gazprom” gaz sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

2017 yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan Moskvada uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Gazprom” matbuot xizmati xabar berdi.

G‘ulomjon Ibragimov va Aleksey Miller O‘zbekiston hamda “Gazprom” o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Xususan, tomonlar “Gazprom” tomonidan O‘zbekiston gazini sotib olish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishgan. Shuningdek O‘zbekistonda “O‘zbekneftegaz” MXK va “Gazprom” tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov “Gazprom” Markaziy dispetcherligiga ham tashrif buyurdi hamda Rossiyani gaz bilan ta'minlashning Yagona tizimi ishi bilan tanishdi.

Top