21:10 / 05.04.2017
6140

Vashington yaqinida qiruvchi samolyot qulab tushdi

Vashington yaqinida, Endryus aviabazasidan 2 milya janubda F-16 rusumli qiruvchi samolyoti falokatga uchragan. Bu haqda NBC News xabar tarqatdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uchuvchi katapulta qilingan va omon qolgan.

Qayd etilishicha, ushbu samolyot daraxtzorga qulagan. Ayni vaqtda voqea joyiga yaqindan o‘tgan yo‘llar yopilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top