Yangi öquv yilidan (2017−2018) boşlab Özbekiston qurolli kuçlarida muddatli harbiy xizmatni ötagan va harbiy qismlar tavsiyanomalariga ega bölgan abituriyentlarga kiriş testlarida töplagan ballarining 50 foizi qöşib beriladi. Bu ma'lumot Oliy ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Tegişli qarorga özgartiriş kiritilgani haqida lex.uz milliy qonunçilik bazasida ma'lum qilingan.

Özgarişlar Özbekiston Prezidentining 4 aprelda imzolangan qarori bilan tasdiqlangan. Avvalroq armiyada xizmat qilgan fuqarolarning kiriş imtihonlaridagi bu imtiyoz maksimal mumkin bölgan ball miqdorining 27 foiziga teng edi.

Imtiyoz mamlakatning turli yönaliş va mutaxassisliklar böyiça bakalavrlar tayyorlaydigan barça oliy öquv yurtlariga tegişli. Imtiyoz olişning boşqa şartlari özgarişlarsiz qolgan.