20:10 / 06.04.2017
8482

Erdo‘g‘an: Yevropa - demokratiya emas, millatchilik markazi!

Bugungi kunda Yevropa mamlakatlarida milliardlab kishilar ko‘z o‘ngida inson huquqlari buzilmoqda, u yerda demokratiya me'yorlari bilan hisoblashishmaydi. Yevropa - demokratiya emas, millatchilik va zo‘ravonlik markazi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Balikesir provinsiyasidagi namoyishda. Bu haqida "Anadolu" nashrida xabar berildi. 

Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi Yevropa - "nurab borayotgan mintaqa".

"Yevropaning na Turkiyaga va na jahon hamjamiyatiga aytadigan so‘zi yo‘q", - deya ta'kidladi prezident. 

"Yevropa o‘z ahamiyatini yo‘qotdi va u buning uchun yuqori narx to‘laydigan holatga keldi. Yevropaliklar asrlar osha himoyalab kelgan qadriyatlar rad etildi", - dedi Erdo‘g‘an.

Mavzuga oid
Top