14:25 / 06.04.2017
11114

O‘zbekiston virtual sport va kiber futbol federatsiyasi fan klublar bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

O‘zbekiston virtual sport va kiber futbol federatsiyasi tashkil etilganidan kundan boshlab o‘z maqsadi sifatida – kibersport va haqiqiy sportni rivojlantirishni belgilab olgan. 2016 yilda tashkil etilgan federatsiya UCFGA (Uzbekistan Cyber Football Games Association) nomiga ega bo‘lgan bo‘lib, asosiy e'tiborini virtual futbolni rivojlantirish va haqiqiy futbolni qo‘llab-quvvatlashga qaratdi. Assotsiatsiya katta yutuqlarga va o‘zining ko‘plab maqsadlariga erishdi. 

Ular orasida: O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanish. UFF (Uzbekistan Football Federation) a'zoligi tarkibiga kirish, UzReport telekanalida kiberfutbolga bag‘ishlangan birinchi televizion dastur - Cyber Football’ni yaratish, O‘zbekiston futbol klublari bilan hamkorlik haqida shartnomalar imzolash, dunyodagi birinchi professional kiberfutbol ligasi – PCFL’ni yaratish, O‘zbekistonda birinchi professional kibersport arenasi - UZ Arena’ni ochish kabilar bor.

2017 yilda Assotsiatsiya O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan UVSCF (Uzbekistan Virtual Sport and Cyber Football Federation) deb rasman qayta nomlandi. 

Federatsiya shuningdek, o‘z qatoriga fan-klublarni ham qabul qila boshladi. UVSCF’ga birinchi bo‘lib kirgan fan klubga esa Barselona klubi fan klubi - Barsamaniya aylandi. Keyinchalik Real Madrid, Manchester Yunayted, Liverpul va Bavariya ( Madridista, Mankunians Reds, Skauzers UZ va Myunxen Stars) klublari fan klublari bilan ham Federatsiya a'zoligi qatoriga kirish bo‘yicha kelishuvlar imzolandi.

8 aprel kuni UZ Arena’da UVSCF va Myunxen Stars fan klubi o‘rtasidagi hamkorlikning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Kimda kim Federatsiya kanaliga a'zo bo‘lishni istasa marxamat:
https://telegram.me/UVSCF

Federatsiya ro‘yxatidan o‘tgan kanallar:

Barcelona:  @Barcamaniauz
Real Madrid: @madridistauzbekistanuz, @uzrealmadridcom
Liverpool: @scousers_uzb
Bavaria:  @uzarenafcbayernfanclub

Top