08:41 / 07.04.2017
7302

AQShning Suriyaga bergan zarbasi kongress bilan kelishilmagan bo‘lgan

AQShning Suriyadagi aerodromga bergan raketa zarbasi yagona bo‘lsa ham, AQSh kongressi bilan kelishilishi kerak edi, deb aytdi Kaliforniya kongressmeni Adam Shiff MSNBC telekanali efirida.   

"Suriyada biz qilayotgan hech bir harakat amerikalik qonun chiqaruvchilar bilan kelishilmagan ", deb ta'kidlab o‘tdi Shiff.

AQSh prezidenti Donald Tramp aytgandek, Xoms viloyatidagi Shayrat aerodromiga berilgan zarba "AQSh milliy xavfsizligining hayotiy muhim manfaatlari"dan kelib chiqib amalga oshirilgan.

Avvalroq AQSh qurolli kuchlari Suriya armiyasiga tegishli aerodromga 59 ta Tomahawk raketasi bilan zarba bergani ma'lum qilingandi. Zarba berishdan maqsad, Vashingtonning fikricha, Idlibga kimyoviy hujum amalga oshirilgan Xomsdagi bazani yo‘q qilishdan iborat bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top