Mualliflik huquqi uchun eng mashhur olishuvlar qanday kechganini bilasizmi? Sud uchun qancha mablag‘ sarflanganini-chi?

Yirik kompaniyalar mualliflik huquqi uchun tez-tez tortishib turishadi. Ba'zida taniqli brendlarning o‘zaro tortishuvi iqtisodni to‘laqonli rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadi. Diqqat qiling, e'tiboringizga dunyodagi eng katta sud olishuvlarini havola etamiz.

10. Dyson Hoover’ga qarshi, 2000 yil

Davomiyligi: 1 yil

G‘olib: Dyson

Zarar: 4,9 mln dol­la­r

Tortishuv sababi: Dyson vakillari o‘z arizasida Hoover kompaniyasini chiqindilar to‘plashda qopsiz ishlaydigan changyutgich patentini buzganlikda ayblashdi. Mazkur tex­no­lo­giya Jyeym­s Dayso­n ixtirosi bo‘lib, Hoover Vortex modelida ishlatilgan. Hoover ikki marotaba appelyatsiyaga beradi va har ikkisida ham mag‘lub bo‘ladi. Bundan tashqari, Hoover Vortex modelini sotishi ham man etiladi.

9. Oracle SAP’ga qarshi, 2007 yil

Davomiyligi: 7 yil

G‘olib: Oracle

Zarar: 357 mln dol­la­r

Tortishuv sababi: Oracle qayd etishicha, SAP kompaniyasining TomorrowNow bo‘limidagi xodimlar noqonuniy tarzda Oracle serveridan mualliflik huquqi bilan himoyalangan hujjat va dasturlarni yuklab olishgan. SAP qonun buzganlik holatini tan oladi va kelishishga harakat qiladi. Biroq sud baribir Oracle uchun 1,3 mlrd dol­la­r hisobida tovon puli to‘lashni talab qiladi. Keyinchalik bu qiymat 357 mln dol­la­rga tushadi va har ikki kompaniya shu qarorga keladi.

8. 20th Century Fox kinostudiyasi Universal Studios’ga qarshi, 1978 yil

Davomiyligi: 2 yil