00:38 / 07.04.2017
13235

Astraxandagi hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

IShID terrorchilik guruhi Astraxanda ikki politsiyachining o‘ldirilishi va  Rosgvardiya jangchilariga hujum qilinishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 

Bu haqda jangarilarning faoliyatini monitoring qiluvchi SITE Intelligence Group tashkiloti ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, ushbu xabarni IShID terrorchilari bilan hamkorlik qiluvchi Amaq axborot agentligi chop etgan.

4 aprelda yo‘l-transport hodisasi ishtirokchilari to‘qnashuv joyiga kelgan politsiya xodimlarini otib tashlab, voqea joyidan qochib ketishgan. Keyinroq politsiya ikki gumonlanuvchini qo‘lga olgan, yana 5 jinoyatchi yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

6 aprelga o‘tar kechasi Astraxanda noma'lum kimsalar avtomobil salonidan Rosgvardiyaning uch jangchisini o‘qqa tutgan. Buning oqibatida jangchilar jarohat olganlar, bosqinchilardan biri voqea joyida o‘ldirilgan. So‘ngra Rosgvardiya jangchilari maxsus operatsiya davomida bu ikki hujumda gumon qilinganlarning barchasini yo‘q qilganlar.

Top