18:53 / 07.04.2017
14516

IShID jangarilari Mo‘sulda tinch aholi vakillaridan 140 nafarini qatl etishdi

Foto: Andres Martinez Casares / Reuters

Iroqning Mo‘sul shahrida IShID terrorchilik guruhi jangarilari tinch aholi vakillaridan 140 nafarini qatl etdi. Bu haqda Iroq Kurdistoni xavfsizlik kengashi vakillari Twitter’da xabar berishgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, qatl 3 va 4 aprel kunlari, bir guruh oddiy fuqarolar Iroq hukumati nazoratida bo‘lgan hududga qochib ketmoqchi bo‘lganidan so‘ng amalga oshirilgan.

Iroq Kurdistoni xavfsizlik kengashidan ta'kidlashlaricha, jangarilar qatl etilgan insonlar jasadini Mo‘suldagi boshqa aholini qo‘rqitib qo‘yish uchun elektr ustunlariga osib qo‘yishgan.

Top