19:45 / 07.04.2017
7773

«Qizilqum» bosh murabbiyi «Bunyodkor» ustidan qozonilgan g‘alabaga ta'rif berdi

«Bunyodkor» – «Qizilqum» uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Hamidjon Atamov o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi.

«G‘alaba qozonganimizdan xursandman. Toshkentga g‘alaba qozonish uchun kelgandik va maqsadimizga erishdik. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarimiz o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni to‘liq bajarishdi.

Fursatdan foydalanib, muxlislarimizga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Shuningdek, OAV orqali muxlislarga murojaat qilib, murabbiy va futbolchilarga ishonishda davom etishlarini va dalda berishlarini iltimos qilgan bo‘lardim.

Sportda kim kuchli bo‘lsa o‘sha yutadi. Bizda bugun vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. G‘alabaga haqli edik», - degan Aktamov.

Top