11:08 / 07.04.2017
19124

Qozog‘istonda ayolning tilanchi bolani ustunga bog‘lab qo‘ygani tasvirlangan video paydo bo‘ldi

Instagram’da Qozog‘istonning Qarag‘anda shahrilik tilanchi qizcha bilan bog‘liq video paydo bo‘ldi. Unda qizchaning bo‘yniga arqon osilganini ko‘rish mumkin, deb xabar bermoqda Nuz.kz nashri.

Ma'lum bo‘lishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari bu videodan avvalroq paydo bo‘lgan fotosuratlarda bolalarning o‘zi bir-birlarini ustunga bog‘lab qo‘yishgani tasvirlangani haqida xabar berishgan.

Internetda ilk fotosuratlar paydo bo‘lgach, politsiya OAVga bolalar o‘ynagani haqida xabar berdi. Shuningdek qandaydir noma'lum erkak 50 tenge evaziga ularni suratga tushirgani haqida ma'lumotlar paydo bo‘ldi. Ushbu videoda esa bolani ayol kishi bog‘lab qo‘yganini ko‘rish mumkin. 

Bunday avval ustunga arqon orqali bog‘lab qo‘yilgan bola fotosuratlari internetda katta shov-shuvga sabab bo‘lgandi.

Keyinchalik Qarag‘anda viloyati ichki ishlar departamenti reyd o‘tkazilgani va uning davomida to‘rt nafar voyaga yetmagan tilanchi aniqlangani haqida xabar berdi.

Qo‘lga olingan qizchalardan biri ustunga bog‘lab qo‘yilgan bola ekani aniqlangan. U huquqni muhofaza qilish idorasi vakillariga ustunga hazil tufayli bog‘lab qo‘yilganini aytgan. 

Top