Kreml: AQShning Suriyaga raketa zarbasi - Moskva va Vashington munosabatlariga berilgan zarbadir

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikaliklarning Suriya armiyasiga raketa zarbalari yo‘llashini bu mamlakat suverenitetini buzish deb hisoblaydi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, bu hujum Rossiya va Amerika munosabatlari yomonlashuviga olib kelishi mumkin.
«Prezident Putin Suriya bo‘ylab Amerika zarbalarini o‘ylab chiqilgan vaj ostida xalqaro huquq normalarini buzgan holda suveren davlatga qarshi tajovuz deb hisoblaydi», — degan Peskov.
U Suriya armiyasi kimyoviy qurollar zaxirasiga ega emasligini ta'kidlagan.
«Suriya qurolli kuchlarining barcha kimyoviy qurol zaxiralari yo‘q qilingani fakti BMT ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan edi», — deya eslatib o‘tgan matbuot kotibi.
Putin bu hujum terrorizmga qarshi kurash yo‘lida navbatdagi to‘siqlarni keltirib chiqarishini aytib o‘tgan.
Uning fikricha, AQSh Qurolli kuchlarining Suriyadagi harakati shusiz ham zaif holda bo‘lgan Rossiya-Amerika munosabatlariga zarba bo‘ladi.
7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Xoms provinsiyasidagi Suriya HHK aerodromiga zarba berdi. Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, aviabaza hududiga qarata 59 ta Tomahawk qanotli raketasi uchirilgan.
Suriya armiyasi muxolifat tomonidan Idlibdagi kimyoviy hujumni amalga oshirishda ayblandi. Rasmiy Damashq bu ayblovni qat'iyan rad etdi.
Suriya prezidenti Bashar Asad ham rasman bu ayblovni rad qilgan va 2013 yili Damashq o‘zining kimyoviy omborlarini yo‘q qilganini eslatgan. 2016 yilning yanvarida Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot (bu tashkilot 2013 yili Suriyaning kimyoviy quroldan xoli qilingani uchun Nobel mukofotini olgandi) Suriyada kimyoviy qurollar arsenali yo‘q qilingani haqida e'lon qilgandi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
OpenAI kompaniyasi o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratish ustida ish olib bormoqda
Fan-texnika | 00:30
-
AQSh ikki oy ichida Suriyadagi qo‘shinlarini bosqichma-bosqich olib chiqishni boshlaydi
Jahon | 00:07
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31 / 15.04.2025
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21 / 15.04.2025
Mavzuga oid

09:01 / 01.02.2025
Odessaga raketa zarbasi: kamida yetti kishi jarohatlandi

09:42 / 17.01.2025
Starship raketasining yettinchi parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

10:57 / 14.01.2025
Shimoliy Koreya qisqa masofali ballistik raketalarni uchirdi

20:59 / 28.12.2024