19:05 / 07.04.2017
16785

Sergey Lavrov Toshkentda o‘zbek diplomatlariga mukofotlar topshirdi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining ikki o‘rinbosari - Anvar Nosirov va Saidikrom Niyozxo‘jayevga Rossiya TIVning «Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissasi uchun» faxriy nishonini topshirdi. 

Mukofotlarni topshirish marosimi MDH Tashqi ishlar vazirliklari kengashi yig‘ilishi yakunida bo‘lib o‘tdi.

«Bugun biz MDH TIVK tarkibida juda yaxshi va foydali ish qildik. Yig‘ilish O‘zbekiston respublikasi prezidentining Rossiya Federatsiyasiga tashrifidan keyin bo‘lib o‘tgani ham o‘ziga xos ramziy ma'noga ega. Biz o‘zbekistonlik do‘stlarimizning o‘zaro strategik hamkorlik, ittifoqchilikni chuqurlashtirishga intilishlarini sezib turibmiz va biz ham xuddi shu tarzda javob qaytaramiz. Ushbu maqsadlar prezidentlarimiz tomonidan yana bir bor tasdiqlandi

Men O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlarining o‘zaro hamkorligimizga qo‘shgan hissasini qayd etib o‘tishni istardim. Xalqaro hamkorlikka qo‘shgan hissalari uchun Anvar Jamoliddinovich Nosirov va Saidikrom Farhodovich Niyozxo‘jayevga vazirligimiz nishonini topshirmoqchiman», — degan Sergey Lavrov.

Lavrov Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDH TIVK yig‘ilishini «keyingi vaqtlardagi eng muvaffaqiyatli yig‘ilishlardan biri» sifatida e'tirof etishini bildirdi.

«Moskva sammiti va vazirlarning bugungi uchrashuvida hal qilinishi lozim bo‘lgan barcha masalalar muvaffaqiyatli ravishda o‘z yechimini topdi», — degan Rossiya TIV rahbari.

Mavzuga oid
Top