Bugun, 7 aprel kuni Özbekistonda birinçi marta Xalqaro Press-klub (XPK) nodavlat notijorat taşkiloti davlat röyxatidan ötdi. Şu munosabat bilan Milliy matbuot markazida Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan uşbu taşkilotga Guvohnoma topşiriş rasmiy marosimi ötkazildi. Guvohnoma Xalqaro Press-klub raisi Şerzod Qudratxöjayevga topşirildi.
Xalqaro Press-klub ijtimoiy muloqotni rivojlantirişda muhim ahamiyatga ega bölib, mamlakatimizda röy berayotgan voqea-hodisalar, islohotlar kölamini tezkor va sifatli yoritişdagi interaktiv maydonga aylanişi kutilmoqda.
Tadbirda parlament a'zolari, yirik olimlar, davlat va nodavlat idoralari rahbarlari, xalqaro taşkilotlar va OAV vakillari iştirok etişdi. Rasmiy marosimdan avval XPK Jamoatçilik kengaşining birinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda Press-klub jamoatçilik kengaşi va taftiş komissiyasi a'zolari, taşkilotning rasmiy simvolikasini tasdiqlaş kabi bir qator masalalar körib çiqildi.

Xalqaro Press-klub axborot makonini rivojlantiriş, mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotida bölayotgan özgarişlar haqidagi obektiv axborotni keng xalqaro jamoatçilikka yetkazişni maqsad qilgan. Bu yerda davlat hokimiyati organlari vakillari nafaqat bajarilayotgan işlar böyiça hisobot berişi, balki jamoatçilik va jurnalistlar takliflari hamda savollariga yuzma-yuz javob berişlari kutilmoqda. Şu tariqa Xalqaro Press-klub davlat hokimiyatining şaffofligi, özaro çeklovlar va muvozanat tizimi hamda mamlakatda bölayotgan islohotlar ustidan ijtimoiy nazoratni mustahkamlaşga xizmat qiladi.












