17:21 / 07.04.2017
6068

O‘zbekiston Respublikasi Konsullik nizomining yangi tahririni ishlab chiqildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Konsullik nizomining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqdi. Hujjat muhokama uchun Respublika me'yoriy-huquqiy hujjatlar muhokamasi tizimiga joylashtirilgan. Nizom O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi konsullik idoralari faoliyatining huquqiy asoslarini aniqlab beradi. 

Unga ko‘ra, konsullik idoralari O‘zbekiston Respublikasi, fuqarolari va yuriik shaxslarning xorijiy mamlakatlardagi qonuniy manfaatlarini himoya qiladi. 

Ular, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini rivojlantirishga hamda ular bilan iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnik, madaniy va boshqa aloqalarni kengaytirishga ko‘mak beradi. 

Hujjatda ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi konsullik munosabatlari o‘rnatilgan mamlakatlarda o‘z konsullik idoralarini tashkil etadi. 

Konsullik munosabati o‘rnatilmagan mamlakat hududida ham mazkur davlat roziligi bilan konsullik idorasi tashkil etish mumkin. 

Konsullik idorasi joylashgan o‘rni, uning tasnifi va konsullik okrugi bo‘lib turgan davlat bilan kelishilgan holda aniqlanadi. Bundan tashqari, konsullik idorasining manzili, tasnifi va konsullik okrugi o‘zgarishi bo‘lib turgan davlat roziligi bilan amalga oshiriladi. 

Konsullik idoralari o‘zlari faoliyat yuritadigan mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasi va bo‘lib turgan davlat kiruvchi xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoida va me'yorlari, xalqaro shartnomalar asosida imtiyoz va immunitetlarga ega bo‘ladi. 

Hujjat, shuningdek, konsullik idorasi va u yerda faoliyat yuritadigan mulozimlar vazifalariga oydinlik kiritadi. 

 

Top