14:26 / 08.04.2017
4277

Hemilton Xitoy Gran-prisi kvalifikatsiyasida g‘olib chiqdi

Formula-1 bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etuvchi Mercedes Benz jamoasining britaniyalik piloti Lyuis Hemilton Xitoy Gran-prisi kvalifikatsiya bosqichida raqiblarini ortda qoldirdi. 

Jahonning 3 karra chempioni aylanmani 1 daqiqa 31,678 soniyada bosib o‘tib, eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Ferrari jamoasi piloti Sebastyan Fettel undan 0,186 soniyaga ortda qolib ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi bo‘lib Hemilton jamoadoshi Valtteri Bottas kelgan. Fetteldan atigi lahzaning bir ulushida ortda qolgan.  

Toro Rosso jamoasi a'zosi rossiyalik Daniil Kvyat to‘qqizinchi natijani ko‘rsatgan. Xitoy Gran-prisi uchun poyga 9 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:00da boshlanadi. 

Mavzuga oid
Top