23:21 / 08.04.2017
14778

La-liga. «Real» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Ispaniya chempionatining eng markaziy uchrashuvi Madridda bo‘lib o‘tdi. Unda «Real» hamshaharlari «Atletiko»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Pepe hisobni ochib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi, biroq 85-daqiqada Antuan Grizmann «Real» himoyasidagi xatodan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi va yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Ushbu durangdan keyin «Real» ochkolari soni 72taga yetdi. Endi madridliklar «Barselona» bilan teng uchrashuv o‘tkazgan holda asosiy raqibini 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Turning yana bir uchrashuvida «Espanol» «Alaves»ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Ispaniya La-ligasi, 31- tur

Real Madrid – Atletiko 1:1 (0:0)
Gollar: Pepe (52) – Grizmann (85).
Real Madrid: Navas, Pepe (Nacho, 67), Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 76), Beyl (Vaskes, 81), Ronaldu, Benzema.
Atletiko: Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Korrea, 62), Gabi, Ferreyra Karrasko (Ximenes, 88), Koke, Grizmann, Torres (Parti, 78).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Saul (52), Godin (60), Karvaxal (88), Koke (89).

Espanol – Alaves 1:0 (0:0)
Gol: Pyatti (56).
Espanol: Lopes, Lopes, Reyyes, Karikol, Xurado, Sanches, Mark Roka (Diop, 85), Lopes Silva, Pyatti (Peres, 75), Kaysedo (Baptistao, 57), Moreno.
Alaves: Pacheko, Laguardia, Feddal, Teo, Eli (Vigaray, 67), Markos Lorente, Femeniya (Romero, 67), Manu Garsiya, Kamarasa, Mendes (Ibai Gomes, 80), Deyverson.
Ogohlantirishlar: Mendes (51), Lopes (73), Feddal (90), Lopes (90), Sanches (90), Laguardia (90).

Top