07:33 / 08.04.2017
21136

Rossiya Suriya bo‘yicha AQSh bilan aloqani to‘xtatganini ma'lum qildi

Rossiya mudofaa vazirligi Pentagonni Suriya bo‘yicha "qaynoq liniya" yopilishidan xabardor qildi. Bu haqda Rossiya vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi. 

"Pentagonga harbiy-diplomatik kanallar bo‘yicha Rossiya mudofaa vazirligining aloqaning "qaynoq liniyasi" kanallari memorandumi doirasida amal qilgan faoliyatning to‘xtatilishi haqidagi notasi yuborildi", deb aytdi Konashenkov.

Uning aytishicha, AQSh elchixonasidagi harbiy attashega memorandumning 8 aprel soat 0:0dan boshlab amal qilishi to‘xtatilishi haqidagi nota topshirilgan.

Rossiya va AQSh o‘rtasida Suriyada parvozlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha memorandum 2015 yil oktabridan amal qilgan. Tomonlar uning bajarilishi masalalari bo‘yicha ishchi guruhning videoanjumanlarini muntazam o‘tkazib kelganlar. Oxirgi shunday aloqa 24 mart kuni bo‘lib o‘tgandi.

Kremlda ma'lum qilinishicha, memorandum AQSh Suriya aviabazasiga raketa zarbasi bergandan keyin o‘z ma'nosini yo‘qotdi. O‘z navbatida, Pentagonda qaynoq liniya bo‘yicha aloqa "barcha tomonlar uchun foydali ekanligi" aytildi va Rossiya bilan aloqalar davom ettirilishiga umid bildirildi.

Top