Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga özgartişlar va qöşimça kiritildi. Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev bu haqdagi qonunga 2017 yil 6 aprel kuni imzo çekdi. Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2017 yil 17 martda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 2017 yil 28 martda ma'qullangan  

Uşbu özgartişlar va qöşimça Özbekiston Respublikasida sud tizimini takomillaştiriş va uning faoliyati samaradorligini oşiriş, sudyalar korpusini yanada mustahkamlaş va sud hokimiyatining çinakam mustaqilligini ta'minlaş maqsadida kiritilmoqda. 

Unga köra, 1-modda. 1992 yil 8 dekabrda ön ikkinçi çaqiriq Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining ön birinçi sessiyasida qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga quyidagi özgartişlar va qöşimça kiritildi:
 
 1) 80-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
 
 «4) Özbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining raisini tayinlaş»;
 
 2) 81-moddaning yettinçi qismidagi «Oliy xöjalik sudi» degan sözlar «Sudyalar oliy kengaşi» degan sözlar bilan almaştirildi; 

3) 83-moddadagi «Oliy xöjalik sudi» degan sözlar çiqarib taşlandi; 

4) 93-modda birinçi qismining 13 va 14-bandlari quyidagi tahrirda bayon etiladi: 

 «13) Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkiblariga, şuningdek Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining raisi, Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvining raisi, Özbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasining raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etadi; 

14) Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining taqdimiga binoan viloyatlar va Toşkent şahar sudlari raislari va rais örinbosarlarini, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi; Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining a'zolarini qonunga muvofiq tasdiqlaydi»;