09:49 / 08.04.2017
7266

Si Tszinpin: Xitoy va AQSh harbiy hamkorlikni kuchaytirishi lozim

Xitoy va AQSh harbiy sohadagi hamkorlikni kuchaytirishi, muloqot mexanizmini rivojlantirishi va yaxshilashi lozim. Bu haqda Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin shanba kuni ma'lum qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin Qo‘shma Shtatlarning Floridasida 6-7 aprel kunlari uchrashishdi.

"Tomonlar harbiylar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni birgalikda to‘xtovsiz kuchaytirib borishi kerak", - deya Si Tszinpinning Tramp bilan uchrashuvdan keyingi so‘zlarini keltiradi XXR Tashqi ishlar vazirligi.

Xitoy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va AQSh shuningdek bir-birini muhim harbiy harakatlar haqida xabardor etish mexanizmini to‘xtovsiz ishlatishi va yaxshilab borishi darkor.

"Harbiy xavfsizlik va bu sohadagi o‘zaro ishonch Xitoy hamda AQShning strategik xarakterga ega o‘zaro ishonchi asosi hisoblanadi. Tomonlar barcha darajadagi harbiylar o‘rtalarida aloqalarni qo‘llab-quvvatlab turishi, mudofaa vazirliklari o‘rtasida muloqot va maslahatlashuvlar mexanizmini, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlar muloqotini rivojlantirishda davom etishi kerak", - deya aytib o‘tdi XXR raisi.

Top