AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining zarbdor guruhi Koreya yarim oroliga yo‘llandi

Foto: AFP
AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining zarbdor guruhining Tinch okeani hududi qismidagi kemalar guruhi Koreya yarim oroliga yuborilgan. Bu haqda Reuters agentligi harbiy manbaga asoslanib xabar berdi.
Manbaning aytishicha, Singapur yaqinidagi qismdan «Karl Vinson» aviatashuvchisi yetakchiligidagi zarbdor guruh Koreya yarim oroli tomon yo‘l olgan.
Bunday choralar AQSh Shimoliy Koreya harbiy salohiyatini oshirayotganidan tashvishda ekanligi bilan izohlanmoqda.
Vashington mintaqadagi ishtirokini kengaytirish zarur, deb hisoblayotgani bildirilgan.

Bundan oldinroq AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Yaponiya va Janubiy Koreyani Donald Tramp ma'muriyati Pxenyanning harbiy harakatlariga qat'iylik bilan javob qaytarishiga ishontirgandi.
CNN telekanali xabarida aytilishicha, bu guruhning yo‘llanishi shimolliklarning keyingi vaqtlarda amalga oshirayotgan ig‘voli harakatlariga javob bo‘ladi.
Qayd etilishicha, avvaliga ushbu guruh Avstraliyaga jo‘natilishi nazarda tutilgandi. Ammo yo‘nalishni o‘zgartirish ko‘rsatma qilingan. Ushbu guruh AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Uchinchi floti boshqaruvida harakatlanmoqda.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada «katta koalitsiya» tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlandi
Jahon | 11:18
-
Ayrim dori vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qo‘llanadi
O‘zbekiston | 10:46
-
«Gazprom» G‘arb sanksiyalaridan eng katta zarar ko‘rgan kompaniya bo‘ldi - Reuters
Jahon | 10:33
-
Farg‘ona, Namangan va Andijonda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar aniqlandi
O‘zbekiston | 10:22
Mavzuga oid

00:31 / 14.02.2025
AQShning atom aviatashuvchisi savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi

14:00 / 02.01.2024
AQSh O‘rta Yer dengizi sharqidan aviatashuvchi kemasini olib chiqib ketyapti

15:08 / 14.10.2023
Suzib yuruvchi aerodrom – zamonaviy aviatashuvchi kemalar palubasiga nechta harbiy samolyot sig‘adi?

19:01 / 04.02.2023