8 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov prezidentning 2017 yil 4 apreldagi “Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-2865 son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini sözsiz ta'minlaş masalalariga bağişlangan videoselektor majlis ötkazdi
Majlis davomida Respublika “Nuroniy” jamğarmasi vakili tomonidan ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini muborak haj safariga imtiyozli ravişda yuboriş taklifi berildi.
Boş vazir uşbu taklifga javoban, prezident tomonidan ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining har qanday talab va istaklarini inobatga oliş haqida sözlaganlari, agarda ular haj safariga boriş istagini bildirsa, davlatimiz tomonidan albatta bepul borib kelişlarini bildirdi. Ikkinçi jahon uruşi qatnaşganlarlarning aksariyati ayni paytda 90 yoşdan oşganligiga alohida e'tibor qaratiş lozimligi ham aytib ötildi. “Nuroniy” jamğarmasiga röyhatni şakllantiriş böyiça tavsiyalar berildi.
Şuningdek, bayram tadbirlarida iştirok etuvçi ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining tadbirlar davomida urintirib qöymaslik, köngliga qarab iş köriş haqida hamda bayramda kiyişlari uçun liboslari ham davlat tomonidan berilişi aytib ötildi.












