14:07 / 09.04.2017
15907

Misrda ikkita kuchli portlash ro‘y berdi

Mirsning Tanta shahrida (Qohira shimolida)gi Mar-Girgis ibodatxonasi yonida portlash sodir etildi. Bu haqida "Al-Hadas" telekanalida xabar berildi. 

"Al-Arabiyya" telekanaliga ko‘ra, portlash natijasida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 50 nafarga yaqini jarohat olgan. Misr rasmiylari hozircha halok bo‘lganlar haqidagi xabarni tasdiqlashmadi. 

Portlash haqidagi ma'lumotlar bir-biridan farq qilmoqda: ba'zi xabarlarga ko‘ra, portlash qibtiy cherkovi  oldidagi maydonda sodir bo‘lgan, boshqalariga ko‘ra esa - cherkov ichida. Cherkov atrofidagi hudud politsiya tomonidan o‘rab olingan. 

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Tanta shahrida yana bir - ikkinchi portlash qayd etilgan. "Axbar Ajila" portaliga ko‘ra, ikkinchi portlash politsiya o‘quv markazi hududida sodir bo‘lgan.

9 aprel kuni misrlik nasroniylar o‘z diniy bayramini nishonlash uchun cherkovlarga yig‘ilishadi. 

2016 yilning dekabrida muqaddas Petr cherkovida, Qohiradagi Abbosiya tumanidagi qibtiy ibodatxona majmuida ham terakt ro‘y bergan edi. O‘shanda portlash 26 kishini hayotdan olib ketgan, 50 nafarga yaqini jarohat olgandi. 

Top