16:11 / 09.04.2017
6017

Misrdagi portlashda halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi

Misrning Tanta shahridagi cherkovda ro‘y bergan portlashda qurbonlari soni 30 nafarga yetdi. Bu haqida "Al-Mayadin"  telekanali xabar berdi. 

Bugun, 9 aprel yakshanba kuni Misrning G‘arbiya provinsiyasidagi Tanta shahrida cherkov xizmati vaqtida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlovchi qurilma ibodat qiluvchilar joylashgan zalda bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash xudkush tomonidan amalga oshirilgan. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, cherkovdagi portlashdan keyin Tantadagi politsiya o‘quv markazida yana bir portlash sodir etilgan. Mahalliy OAVga ko‘ra, u yerda bir politsiyachi halok bo‘lgan. Ba'zi ommaviy axborot vositalari esa ikkinchi portlash haqidagi xabarni inkor etmoqda. 

Tergovchilar videokuzatuv kameralari yozuvlarini qo‘lga kiritishgan, portlash sodir etilgan hududlar o‘rab olingan. Mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As-Sisiy jabrlanganlarni qabul qiluvchi harbiy gospitallar ochish topshirig‘ini berdi. 

Misrda ikkita kuchli portlash ro‘y berdi

Top