Kashmirdagi tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlar soni 8 kishiga yetdi
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida bo‘lib o‘tgan qo‘shimcha saylovlar chog‘ida yuz bergan tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlar soni 8 nafar kishini tashkil etmoqda. 150dan ortiq odam jabrlangan, deb xabar qilmoqda Times of India nashri.
Bundan avval, 6 kishining hayotdan ko‘z yumgani aytilgan edi. Jabrlanganlar orasida namoyishchilar va tartibni saqlash kuchlari vakillari ham bor.
Parlamentning quyi palatasiga o‘tkazilgan saylovlarga norozilik aksiyasi ovoz berish kunigacha ham bo‘lib o‘tayotgan edi. 9 aprel kuni Shrinagar saylov okrugida ovoz berish o‘tkazilayotganda Budg‘om okrugining turli tumanlari hamda shtatning eng qiziqqon shahri Shrinagarda namoyishchilar va tartibni saqlash kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lgan. Namoyishchilar bir nechta ovoz berish uchastkalarini hujum bilan egallab olishgan, ular ovoz berish elektron mashinalarini sindirishgan.
Namoyishlar ortida turgan ayirmachilar, halok bo‘lganlar borligi sabab 10 aprelda ham namoyishlarni davom ettirishga chaqirishdi. Ularning boykoti tufayli Shrinagar okrugi so‘nggi 30 yildagi eng past natijani ko‘rsatdi. Saylovchilarning atigi 7 foizi qatnashgan.
Mamlakatning boshqa shtatlaridagi saylovlaar ham notinch vaziyatda o‘tgan. Jumladan, Madxiya-Pradesh va Tamilnad shtatlaridagi saylovlarda ham tartibsizliklar va siyosiy kuchlar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 26.12.2024
Ommaviy tartibsizliklarni moliyalashtirganlik uchun javobgarlik belgilanadi
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024