2017 yil mart oyida Germaniyaga 14976 nafar muhojir kelgan, deb xabar berdi Germaniya ichki ishlar vazirligi.
Xabarda aytilishicha, Germaniyaga eng ko‘p suriyaliklar kelgan (3679 kishi). Bu borada 2-o‘rinni iroqliklar (1402), 3-o‘rinni afg‘onlar (1017), 4-o‘rinni esa eritreyaliklar (907) egallamoqda.
Shu ko‘rsatilgan vaqt ichida Germaniyaga Turkiyadan 495 muhojir kelgan.
Umuman olganda, joriy yilning yanvaridan boshlab Germaniyaga 47249 nafar muhojir kelgan.