Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmon e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
 
Endilikda to‘la hajmda pensiya olish huquqiga ega ishlovchi pensionerlar orasiga quyidagilar qo‘shildi:

1) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi hududiy kengashlari raisi birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari;

2) O‘zbekiston faxriylar jamoatchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Nuroniy» jarg‘armasi barcha xodimlari;
 
3) Mudofaa vazirligining 

• Qurolli Kuchlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta'lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;
• harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari, shuningdek, boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik akademik litseylari va professional kollejlari rahbarlari;
• harbiy-sanoat majmuasi tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari sifatida mehnat faoliyatini olib boruvchi harbiy xizmatchilar.
 
4) Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 

• Milliy xavfsizlik xizmati Instituti, Strategik tahlil va prognozlashtirish Oliy maktabi, maxsus tayyorgarlik O‘quv markazi, radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari Markazi, shuningdek fuqarolik mudofaasi Instituti, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa oliy harbiy bilim yurtlarining aholini tayyorlash hududiy markazlari o‘qituvchi va ilmiy xodimlari hamda boshqaruv tarkibi;
• respublika akademik litseylar va professional kollejlarining ma'naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va tarbiyachilari;
• harbiy-sanoat majmuasi tuzilmasiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va xizmat ko‘rsatish xodimlari tarkibidagi harbiy xizmatchilari va xodimlari.