00:49 / 10.04.2017
9610

Tillerson: AQSh Shimoliy Koreya rahbariyatini ag‘darmoqchi emas

AQSh ma'muriyati Shimoliy Koreyaning ichki ishlariga aralashmoqchi emas Bu haqda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson ABC telekanaliga bergan intervyusida aytgan.

"Bizda Shimoliy Koreyadagi tuzumni o‘zgartirish niyatimiz yo‘q, bu bizning maqsad emas. Bizning maqsad Koreya yarimorolini yadroviy quroldan xoli qilish", deb aytdi Tillerson.

Uning aytishicha, AQSh-Xitoy sammitida Xitoy raisi Si Tszinpin "vaziyat yangi jiddiylik va tahdid darajasiga yetganiga rozi ekanligini aytgan". "Si Tszinpin Pxenyanga uning yadroviy qurolga ehtiyojiga munosabatini o‘zgartirish maqsadida ta'sir qilishni qo‘llab-quvvatlashni istaydi", deb aytgan Tillerson hamda Vashington Pekindan keyingi harakatlarni kutib qolishini ta'kidlab o‘tgan. 

Tillersonning yana bir bor ta'kidlashicha, Shimoliy Koreyaning raketa-yadroviy dasturi AQShda jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. "Biz Pxenyanga raketa-yadroviy dasturning to‘xtatilishini istashimizni aniq bildirdik", deb o‘z so‘zlarini yakunlagan AQSh davlat kotibi.  

Top