08:34 / 10.04.2017
4494

Vankuverda qor bosib qolishi oqibatida 5 nafar xorijlik sayyoh halok bo‘ldi

Kanadaning mashhur tog‘li dam olish maskanlaridan birida yuz bergan tabiiy ofatda kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Voqea mamlakatning Vankuver shahridan shimolda ro‘y berdi, deb xabar qilmoqda CTV News telekanali.

Telekanalning ma'lum qilishicha, hodisadan so‘ng, ofatda tirik qolgan kishi yo‘lda politsiya bilan bog‘langan ikkinchi sayyohni uchratgan. Shundan so‘ng, sayyohlik guruhidagi 6 kishini qidirish ishlari boshlangan. 

Qutqaruv guruhi vakilining so‘zlariga ko‘ra, ayrim sayyohlarda qor ko‘chkisiga qarshi maxsus anjomlari bo‘lgan, biroq noqulay ob-havo sharoitida toqqa chiqish maxsus tayyorgarlikni talab qiladi. 

Ma'lum qilinishicha, baxtsiz hodisa ro‘y bergan joyda ishlayotgan qutqaruvchilar qor karnizining bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgan yana bir sayyohning jasadini olib chiqishgan. Halok bo‘lgan sayyohlarning barchasi Janubiy Koreya fuqarolari ekani aytilmoqda. 

Mavzuga oid
Top