9 aprel kuni xalq deputatlari Kitob tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasi xabar bermoqda.

Sessiyada viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida mulohaza yuritdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Sagdullayev Rustam Saidovich Kitob tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanni bir necha yillar boshqargan  Xudoyqulov Uzoq Eshquvatovich avvalroq o‘z vazifasidan ozod etilgandi.